Sobiq «Real» futbolchisi Danilo: «Odamlar Krishtianu Ronalduni go'yo o'zga sayyoralik deb o'ylaydi»

Braziliya milliy terma jamoasining 34 yoshli himoyachisi Danilo o'zi bilan «Real» va «Yuventus»da birga to'p tepgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Ha, men u bilan «Real»da ham birga o'ynaganman. Turinda u ancha tajribali edi, ammo shunga qaramay ko'p gol urar va har doim yuqori darajada professional bo'lib qolardi. U sizni rivojlanishga, mashg'ulotlar va o'yinlarda bor kuchingizni ishga solishga majbur qilardi.
Odamlar Krishtianuni go'yo o'zga sayyoralik deb o'ylaydi, ammo aslida u kula oladigan, oilasi bilan vaqt o'tkazadigan va hayotdan zavq oladigan oddiy inson. Shu bilan birga, u har kuni yanada yaxshiroq bo'lishga intilib, deyarli barcha ishlarida futbol bilan yashaydi», — dedi Danilo.
Manba: championat.com