Sobiq hakam Yamal bilan bog'liq bahsli vaziyatni izohladi

Alfonso Peres Burrul Xaver Alberola Roxaning "Vilyarreal" - "Barselona" o'yinida Lamin Yamalga qarshi qo'pollik qilgani uchun Renata Veygani maydondan chetlatish qarorini qo'llab-quvvatladi.
"Bu juda aniq qizil kartochkali vaziyat edi. Bu "Bernabeu"da Markao bilan bo'lgan vaziyatning takrorlanishi.
Bundan tashqari, Lamin to'pni va atrofidagi bo'shliqni allaqachon nazorat qilganida unga orqadan zarba berildi", dedi sobiq hakam.
Kommentariyalar