Sobiq hakam Ronaldu bilan bog'liq kulgili voqeani esladi

Sobiq hakam Mark Klattenburg Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq kulgili voqeani esladi.
"2016 yilda Ronaldu uchun ikkita yirik finalda hakamlik qilish baxtiga muyassar bo'ldim, o'shanda u "Real Madrid" bilan "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasida g'alaba qozongan edi.
Bir oy o'tgach, men Evropa chempionati finalida - Portugaliya - Frantsiya o'yinida hakamlik qildim va u yana g'alaba qozondi.
Men medalimni olish uchun shohsupaga chiqayotgan edim, u esa eng tepada turardi. Men o'tayotganimda Ronaldu yuzimdan ushlab, meni tabrikladi. Men: “Ronaldu, qo'llaringni yuzimdan tortib ol, men jonli efirdaman!, dedim", – deya esladi sobiq hakam.