Sobiq hakam – Mbappening vaziyati bo'yicha: «Bu penalti emas» (Foto+video)

Sobiq hakam Pavel Fernandes La Liga doirasidagi "Levante"ga (2:0) qarshi o'yinda "Real" foydasiga belgilangan penaltiga izoh berdi.
Bosh hakam Migel Sesma 56-daqiqada mehmonlar darvozasiga 11 metrlik zarba berdi - Adri de la Fuente o'z jarima maydonchasi ichida Kilian Mbappeni yiqitdi.
"Qaymoqranglilar"ning frantsiyalik forvardi penaltini o'zi aniq amalga oshirdi.
"Adri "podkat" bilan oyog'ini oldinga cho'zdi, Mbappe esa kontaktdan oldin yiqila boshladi. Bu vaziyatga VAR aralashmadi. Bu penalti emas," - deb yozadi Fernandes.
Mbappé goes down and the referee signals a penalty in favor of Real Madrid for this Bluetooth tackle and the VAR disconnected for the pleasure of this sh** club
— BigMoh jr (@Koladoskidculer) January 17, 2026
When will Real Madrid stop robbery ????pic.twitter.com/ONK2ylAkLl https://t.co/HhSu1R9ULy