Sobiq futbolchi: "PSJ" 100 foiz o'z chempionligini himoya qila olmaydi"

Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq futbolchisi Vladimir But "PSJ"ning Chempionlar Ligasi kubogini himoya qilish imkoniyatini baholadi.
O'tgan mavsumda frantsuz grandi o'z tarixida ilk bor finalda "Inter"ni tor-mor etib (5:0), bosh evrokubok g'olibiga aylandi.
"Yuz foiz ishonchim komilki, "PSJ" Chempionlar Ligasi unvonini himoya qila olmaydi. Men esa ko'p yillar ishlagan klubim - "Borussiya"ga muxlislik qilaman," - dedi But.
Shu bilan birga, mutaxassis "Borussiya"ga Chempionlar Ligasida natija ko'rsatish oson emasligini tan oldi, chunki klub etakchi futbolchilarni sotish ustida ishlamoqda.