Slotning ketish ehtimoli keskin oshib ketdi

Xabarlarga ko'ra, “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotning lavozimidan ketishi ehtimoli PSVdan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (1:4) so'ng sezilarli darajada oshgan.
So'nggi 12 soat ichida uning ishdan bo'shatilishiga oid koeffitsientlar ikki barobarga ko'tarilgan, natijada iste'fo ehtimoli hozirda 50 foiz deb baholanmoqda.
Manbalar ta'kidlashicha, jamoaning oxirgi o'yinlari va natijalari klub rahbariyatida savollar uyg'otgan. Yaqin kunlarda bu masala bo'yicha muhokamalar kuchayishi mumkin.
“Liverpul”da Slot taqdiri yaqin fursatlarda hal bo'lishi kutilmoqda.