Arne Slot «Liverpul»dan bo'shatilganidan so'ng 8 million evro miqdorida kompensatsiya oladi.

Niderlandiyalik mutaxassis bugun ingliz klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Voetbal Primeur nashrining De Telegraaf'ga tayanib xabar berishicha, mersisaydliklar Slotga 8 million evro miqdorida tovon puli to'laydi.

Murabbiyning shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan edi.