Slot yoki Alonso: «Liverpul» keyingi mavsum uchun murabbiy tanladi

Arne Slot «Liverpul» bosh murabbiyi lavozimida qoladigan bo'ldi. Jurnalist Aleks Krukning ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» niderlandiyalik mutaxassisga ishonch bildirishga qaror qilishgan. U keyingi mavsumda ham jamoani boshqarishda davom etadi.
Shu bilan birga, uning o'rniga nomzod sifatida ko'rilayotgan Xabi Alonso «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da'vogarga aylandi, chunki «Liverpul» endi ispaniyalik mutaxassis xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. Hozirda «Liverpul» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 34 turdan so'ng 58 ochko jamg'arib, to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Keyingi o'yinda «qizillar» «Manchester Yunayted» mehmoni bo'lishadi.