Slot Virtsning "Sanderlend"ga qarshi o'yindagi harakatlariga baho berdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasi 14-turidan o'rin olgan "Sanderlend"ga (1:1) qarshi o'yinda yarim himoyachi Florian Virtsning harakatlari haqida fikr bildirdi.
"Faqat gollar evaziga ishonchga ega bo'lish noto'g'ri. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi to'pni qanchalik tez-tez so'rashidan ko'rinadi. Unda ishonch ko'p, ammo u Germaniyadan jarohat bilan qaytgani ham aniq, shuning uchun u shuncha daqiqa o'ynay olayotganidan xursandman. U yaxshi o'ynadi. U "Sanderlend" darvozasiga urilgan golda ishtirok etgani ajablanarli emas, u doimo harakat qilgan va ijodkor bo'lganlardan biri edi," - deya Slotning so'zlarini keltiradi Liverpool Echo.