"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Arne Slot yarim himoyachi Florian Virtsning muammolari haqidagi navbatdagi savolga javob berdi.

"Bayer"dan 125 mln evroga xarid qilingan 22 yoshli germaniyalik futbolchi Premer-liga va Chempionlar ligasining 9 o'yinida birorta ham samarali harakat qilmadi.

"Futbolchi bunday pulga o'tayotganda, odamlar birinchi navbatda gollar va golli uzatmalarga qarashadi, ammo aytishim mumkinki, u allaqachon olti yoki ettita golli uzatmani amalga oshirgan bo'lishi mumkin edi. Uning biroz omadi kelmadi: jamoadoshlari u yaratgan vaziyatlardan foydalana olishmadi. Umuman olganda, 22 yoshli yigitga yangi mamlakatda ko'nikish uchun vaqt kerak bo'lishi, Premer-ligadagi o'yinga moslashish jarayoni haqida gapirmasa ham bo'ladi," - dedi Slot matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni "Liverpul" o'z uyida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.