Slot: "Virts o'ynashi kerak"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning fikricha, Florian Virts muntazam o'yin amaliyoti evaziga optimal sport formasiga kiradi.
"U ko'p o'ynashi kerak - va u buni qiladi. U uzoq vaqt boshqa ligada o'ynagan, shuning uchun ba'zida uning o'yin uslubi biz uchun odatdagidan farq qilishi ajablanarli emas. U doimiy ravishda o'ynashda davom etadi, buning natijasida biz vaqt o'tishi bilan undan maksimal darajada foyda olishga muvaffaq bo'lamiz," - dedi Slot matbuot anjumanida.