"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsning so'nggi bahslardagi o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Chorshanba kuni "qizillar" Premer-ligada "Sanderlend" bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi.

"Menimcha, Virts "Vest Xem"ga qarshi juda yaxshi o'ynadi. U doimo to'pni nazorat qildi, juda faol edi va uning goldagi vaziyatga aralashgani ajablanarli emas", dedi Slot.