Slot van Deykning xizmatlarini e'tirof etdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa sardori Virjil van Deyk haqida fikr bildirdi.
Chempionlar Ligasining "Marsel"ga qarshi bo'lajak o'yini 34 yoshli markaziy himoyachi uchun "qizillar" safidagi barcha musobaqalardagi 350-o'yiniga aylanadi.
"Albatta, Virjil aql bovar qilmas. U ikki marta Premer-ligada g'olib chiqdi, ichki kuboklar g'olibi bo'ldi, Chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Butun faoliyati davomida u faqat bitta jiddiy jarohat olgan, shuning uchun uning yoshiga e'tibor bermaslik kerak. U hali ham ajoyib formada va biz uchun uning shu darajada qolishi muhim," - deya Slotning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.
Van Deyk 2018 yil boshida "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.