Slot: "Turnir jadvali haqida 38 turdan so'ng fikr yuritish kerak"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot klubning APL turnir jadvalidagi hozirgi holati haqida gapirdi.
"Men o'tgan mavsumda ko'p marta aytganman va bu mavsumda ham takrorlayman: 38 o'yindan keyin turnir jadvali haqida hukm chiqargan ma'qul. Lekin, menimcha, keyingi eng yaxshi variant - 19 o'yindan keyin. Keling, hozir qaerda ekanligimizni ko'raylik. Ammo ayni damda e'tiborimizni faqat o'yinlarda g'alaba qozonishga qaratmoqdamiz - xuddi o'tgan mavsumdagidek," - deb Slotning so'zlarini keltiradi "Liverpul" matbuot xizmati.
Angliya Premer-ligasida 11-tur yakunlariga ko'ra, "Liverpul" 18 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.