Slot Soboslaining ahamiyatini tushuntirdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yarim himoyachi Dominik Soboslaining o'yini haqida fikr bildirdi.
24 yoshli vengriyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga qarshi kechgan o'yin (5:1) qahramonlaridan biriga aylandi va o'z hisobiga gol hamda assist yozdirib qo'ydi.
"Men "Liverpul"ga kelganimdan beri Dominik Virjil [van Deyk] va Muhammad [Saloh] bilan deyarli bir xil daqiqa maydonda o'ynadi. Bu men u haqida qanday fikrda ekanligimning ko'rsatkichidir," - deya Slotning izohlarini keltiradi The Touchline.
Dominik Soboslai 2023 yilning yozida Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan 70 million evro evaziga mersisaydliklar safiga qo'shilgandi. Xavbekning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan.