Muhammad Saloh bir nechta o'yinda gol ura olmasa ham, uni tanqid qila boshlashadi. Bu borada "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot o'z fikrini bildirdi.

"Saloh o'z-o'ziga standartlarni belgilab olgan. Va bu standartlar shunchalik yuqoriki, u bir nechta o'yinda gol ura olmasa, odamlar darhol hayron qolishadi. Bu esa uning uchun katta komplimentdir.

Statistikani turlicha talqin qilish mumkin. U APLning to'qqizta o'yinida gol ura olmadi deb aytish mumkin. U baland plankani o'zi o'rnatgan", — dedi Slot matbuot anjumanida.

Qishning so'nggi kunida, 28 fevral kuni "Liverpul" o'z maydonida "Vest Xem"ga qarshi o'yin o'tkazadi.