Slot: "Saloh mutlaqo alohida futbolchi"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.
“Muhammad Saloh mutlaqo istisno futbolchi. Uning o'yinini alohida baholayman. Uni asosiy tarkibda maydonga tushirish yoki zaxiradan o'yinga qo'shish masalasi — hamisha meni o'ylantiradi", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
33 yoshli Saloh joriy mavsumda 19 ta o'yinda 5 ta gol urib, 3 ta assist berdi.