Slot Robertsonning ketishi haqidagi savolga javob berdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotga chap qanot himoyachisi Endryu Robertson klubni tark etishi mumkinligi haqida savol berildi.
Kuni kecha ma'lum bo'lishicha, shotlandiyalik futbolchini "Tottenxem" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Mish-mishlarga ko'ra, "shporlar" futbolchining o'zi bilan kelishib qo'ygan. Taxminlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi "Qorabog'"ga qarshi bo'lajak bahsda "Enfild"da muxlislar bilan xayrlashishi mumkin.
Niderlandiyalik murabbiy kelishuv haqidagi ma'lumotlarni aytishdan bosh tortdi: "Men oldin transferlar haqida hech gapirganmanmi? Javob oddiy: biz transferlarni omma oldida muhokama qilmaymiz," - dedi Slot "Bornmut"dan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) keyingi matbuot anjumanida.
Endryu Robertson shanba kungi "giloslar"ga qarshi o'yinda tanaffusda zaxiradan maydonga tushdi.