"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning bu mavsumdagi pasayishini tushuntirdi.

"Qizillar" so'nggi oltita o'yindan atigi bittasida g'alaba qozonishdi va Premer-ligada ketma-ket to'rtta bahsda mag'lub bo'lishdi.

Shanba kuni amaldagi chempionning mag'lubiyat seriyasi "Brentford"ga qarshi 3:2 hisobidagi yutqaziq bilan uzaytirildi.

"Raqiblarimiz bizga qarshi o'ziga xos strategiyaga ega va u juda yaxshi ishlamoqda. Biz hali bunga javob topmadik", dedi Slot.