Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Arne Slot 17 yoshli hujumchi Rio Ngumoaning Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida ishtirok etishi mumkinligi borasida yangi bayonot berdi.

O'yin 14 aprel kuni bo'lib o'tadi; dastlabki uchrashuvda parijliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

«Menimcha, u bunday miqyosdagi o'yinlarga tayyor. Buning uchun unda xarakter etarli, u chalg'imaydi. U har doim diqqatini futbolga qaratishni bilgan va o'z ustida ishlashda davom etishni istaydi», — deya Slotning so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.

«Liverpul» va «PSJ» o'rtasidagi uchrashuvni italiyalik Mauritsio Mariani boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.