Federiko Keza jismoniy holati tufayli "Galatasaroy"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Liverpul" bugun Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Turkiya jamoasi mehmoni bo'ladi.

Mersisaydliklar o'tgan haftada himoyachi Jovanni Leonining jarohatidan keyin vingerni musobaqa qaydnomasiga kiritgan edi.

"Keza "Pelas"ga qarshi so'nggi o'yinda (1:2) kichik muammoga duch keldi.

U bugun harakat qilib ko'rdi, ammo mashg'ulotlarni yakunlay olmadi.

Shuning uchun uni qaydnomaga kiritmaslikka qaror qildik, chunki bir necha kundan keyin "Chelsi" bilan o'yin bor," - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi matbuot anjumanida.

Slot jamoasi 4 oktyabr kuni APLning 7-turida londonliklar bilan o'ynaydi.