"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasining "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yini haqida gapirdi.

"Premer-liganing har bir o'yinini intiqlik bilan kutyapman. Ehtimol, "Manchester Yunayted" bilan o'yinlarni ko'proq kutyapman, chunki ularning qanchalik o'ziga xosligini bilaman. Biz bilamizki, bu Premer-liganing dunyo bo'ylab eng ko'p tomosha qilinadigan o'yini bo'lishi mumkin.

Menimcha, "Manchester Yunayted" mavsumni turnir jadvalidagi ko'rsatkichlardan yaxshiroq boshladi. G'alaba qozonish uchun biz o'zimizning eng yaxshi darajamizda bo'lishimiz kerak," - dedi Slot matbuot anjumanida.

"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.