Slot muxlislar bilan xayrlashdi

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot klubdan ketganidan so'ng muxlislarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
«Bu «Liverpul» bilan birgalikdagi ajoyib sayohat bo'ldi. O'tgan mavsumda chempionatda g'olib chiqqanimizdan juda minnatdorman», — deya Slotning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Niderlandiyalik mutaxassis 2024 yilning yozidan buyon mersisaydliklarni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida «Liverpul» 2024/2025 yilgi mavsumda Angliya chempioniga aylandi.
Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, «qizillar» 60 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallashdi. «Liverpul»ga tayinlangunga qadar Slot «Feyenoord» klubini boshqargan.