Slot "Liverpul"ning "Nyukasl"ga qarshi o'yini oldidan Isak haqida fikr bildirdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak haqidagi savolga javob berdi.
Shvetsiyalik futbolchi hamon klubini o'zgartirmoqchi, shuning uchun dushanba kungi bahsda "qizillar"ga qarshi maydonga tushmaydi.
"Isakning yo'qligi? U bizga Liga kubogi finalida, shuningdek, chempionatda safar o'yinida gol urdi. Ha, u maydonga tushganida katta xavf tug'diradi, ammo "Nyukasl"da boshqa kuchli futbolchilar ham bor," - dedi matbuot anjumanida Slot.