Slot "Liverpul"ning muammoli pozitsiyasi haqida gapirdi

"Liverpul" o'ng qanot himoyachisiz qoldi - Jeremi Frimpong ham, Konor Bredli ham jarohatlanganlar safidan joy oldi. Holat yuzasidan jamoa bosh murabbiyi Arne Slot izoh berdi.
"Soboslai har qanday pozitsiyada yaxshi o'ynaydi. U ham fulbek, ham yarim himoyachi sifatida ajoyib harakat qiladi. Jons ham o'ng qanot himoyasida o'ynay oladi. U erda Gomes ham o'ynashi mumkin. 2025 yilda u ushbu pozitsiyada 90 daqiqadan ikkita o'yin o'tkazdi. Vaziyat oson emas, lekin yaxshi yangilik shundaki, bizda etarlicha futbolchilar bor. Ehtimol, bir-ikkitasi o'zlarining odatiy pozitsiyalarida o'ynamasligi mumkin," - dedi Slot matbuot anjumanida.
"Liverpul" shanba kuni Premer-liga doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi.