"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining ketma-ket to'rtta mag'lubiyatini yangi chaqiriq deb atadi.

Kecha mersisaydliklar APL 8-turida o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

"O'ylashimcha, murabbiy doimiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Endi ketma-ket to'rt marta yutqazdik - bu ham qiyinchilik. Futbol murabbiyining hayoti shunday: sinovlar ketma-ketligi," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi "qizillar" klubi matbuot xizmati.

"MYu"dan uchralgan mag'lubiyat "Liverpul" uchun barcha turnirlar bilan hisoblaganda qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi.