"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot ehtimoliy transferlar haqida fikr bildirdi.

- Agar jamoani kuchaytira olsak, doimo bunga harakat qilamiz. Agar biz yaxshi pul evaziga yaxshi o'yinchini topsak, unda hamma narsa mumkin," - dedi Slot matbuot anjumanida.

Yozgi transferlar vaqtida "Liverpul" yangi futbolchilar uchun deyarli 350 million evro sarflab, Florian Virts, Ugo Ekitike va boshqa futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.