"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa vingeri Federiko Kezaning o'yinidan norozi.

Niderlandiyalik murabbiy o'tgan mavsumda "Plimut"ga qarshi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng italiyalik futbolchidan juda g'azablangan edi, deb xabar beradi jurnalist Lyuis Stil. Slot shunchaki Kezaga ishonmaydi, shuning uchun u muntazam ravishda zaxiradan gol ursa ham, asosiy tarkibga kirishi ehtimoldan yiroq.

Federiko Keza 2024 yil avgust oyida "Yuventus"dan "Liverpul"ga o'tdi. Arne Slot o'sha yozda "qizillar"ni qabul qildi.

Bu mavsumda 28 yoshli futbolchi 16 ta o'yinda ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.