Slot Kezaning EChL qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa vingeri Federiko Kezaning Chempionlar ligasi qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.
"Bu murabbiy oldida turgan eng qiyin vazifalardan biri. Futbolchiga o'ynamasligini aytish qiyin, undan ham qiyinrog'i - u qaydnomaga kiritilmagan. U norozi bo'ldi, lekin mening dalillarimni tushundi, garchi ularga qo'shilmasa ham. Ammo Fede qolgan barcha turnirlarda jamoaga yordam berishga tayyorligini aytdi", - dedi Slot.