Slot: "Jarohatlar tufayli sarflangan mablag'larning hammasidan ham foydalana olmadik"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning aytishicha, klub jarohatlar tufayli yozgi katta xarajatlardan hali to'liq foyda olmagan.
125 mln funtga sotib olingan hujumchi Aleksandr Isak oyog'i singanligi sababli kamida ikki oyga safdan chiqdi. Klubga 35 mln evroga tushgan markaziy himoyachi Jovanni Leoni xochsimon bog'lam jarohatini oldi va mavsum oxirigacha safdan chiqdi. 35 mln evro turadigan himoyachi Jeremi Frimpong jarohati tufayli ikki oy maydonga tusha olmadi.
"Menimcha, ko'pchilik biz qancha pul sarflaganimizni aytishga ulgurdi.
Ammo, afsuski, sarflangan barcha mablag'lardan foydalana olmadik va bu futbolchilarning jarohatlari bilan bog'liq," - dedi Slot.