Slot: "Jamoa qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining "Aston Villa" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng muxlislar haqida gapirdi.
"Muxlislardan olgan qo'llab-quvvatlashim ajoyib edi. Aynan shu narsa "Liverpul"ni o'zgacha klubga aylantiradi.
Jamoa qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi, men ham qiynalayotgan edim, ammo muxlislar bizga yordam berishdi", dedi Slot o'yindan keyingi intervyusida.
Kommentariyalar