Slot: "Har bir g'alaba qiyinchilik bilan qo'lga kiritilganini his qildim"

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Qizillar" 18 ochko bilan uchinchi o'rinda, "Manchester Siti" (19) va "Arsenal" (25) dan keyingi pog'onada ketmoqda.
"Jadval aniq: "Arsenal" "Siti"dan olti ochko oldinda, biz esa etti ochko orqadamiz. Ammo o'tgan mavsumda, chempionat tugashiga o'nta o'yin qolganida ham men chempionlikka to'liq ishonmagan edim.
Hamma ham buni sezmadi, lekin men har bir g'alaba qiyinchilik bilan qo'lga kiritilganini his qildim", - dedi Slot.