Slot «Galatasaroy»ning eng xavfli futbolchilari kimligini aytdi

Hujumchi Viktor Osimxen va vinger Barish Yilmaz «Galatasaroy» tarkibidagi eng xavfli o'yinchilar hisoblanadi. Bunday fikr bilan «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot o'rtoqlashdi.
Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 10 mart kuni Istanbulda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 22:45 boshlanadi.
«Osimxen — ajoyib hujumchi, u turli usullarda gol urishni biladi. Ularda tezkor va xavfli o'yinchilar ko'p — masalan, o'sha Yilmaz birinchi bo'limda bizdan ikki marta osonlik bilan qochib ketgandi», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Jamoalar 2025 yilning kuzida asosiy turnir doirasida allaqachon o'zaro to'qnash kelishgan. O'shanda g'alaba Turkiya klubiga nasib etgan edi (1:0).