Slot Frimpong va Isakning jarohatlaridan keyingi holatiga izoh berdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi doirasida "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda jarohat olgan Jeremi Frimpong va Aleksandr Isakning holatiga izoh berdi.
"Ertaga yoki keyingi haftada Frimpong o'ynamaydi. Isak unchalik yomon emas. U yaqinlashib kelayotgan o'yinga shubha ostida. Ko'ramiz, keyin nima bo'larkin. Rayan Gravenberx ham xuddi shunday. Alisson hali ham tayyor emas", - dedi Slot juma kungi matbuot anjumanida.
25 oktyabr, shanba kuni "Liverpul" Angliya chempionatida "Brentford" mehmoni bo'ladi.