Slot Ekitikening jarohati haqida fikr bildirdi

«Liverpul» ustozi Arne Slot «Brayton»dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng hujumchi Ugo Ekitikening jarohatiga izoh berdi. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq almashtirilishga majbur bo'lgan edi.
«Ekitikening jarohati? Futbolchilar va muxlislar Chempionlar ligasiga yo'llanma olishga harakat qilish uchun atigi sakkizta o'yin qolganini tushunib turishibdi. Futbolchi o'tkazib yuboradigan har bir o'yin — xafa bo'lish uchun sabab. Ekitike maydonni tark etdi va jamoaga yordam bera olmadi. U uch oyga safdan chiqdi degani emas, lekin jarohati uni almashtirish uchun etarlicha jiddiy edi. Bu ham u uchun, ham biz uchun katta zarba», — dedi Slot TNT Sports telekanaliga.
«Liverpul» navbatdagi uchrashuvini 4 aprel kuni Angliya Kubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o'tkazadi.