Arne Slotning ma'lum qilishicha, Ugo Ekitikeni chetlatish uchun jazolashmaydi.

"Qizillar" hujumchisi Angliya Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yinda tanaffusdan so'ng darhol zaxiradan maydonga tushdi va 53-daqiqada raqibni ushlab turgani, keyin esa to'pni qaytarib yuborgani uchun ogohlantirildi.

85-daqiqada frantsuz Kezaning uzatmasidan unumli foydalanib, aniq zarbasi bilan mersisaydliklarni hisobda oldinga olib chiqdi - 2:1. Goldan so'ng Ekitike futbolkasini echib, tribunaga ko'rsatdi. Bosh hakam Tom Bremell frantsuzga ikkinchi sariqni ko'rsatdi.

Jazo tariqasida klub futbolchini ikki haftalik maoshidan mahrum qilishi xabar qilingandi.

"Bu klubda sen darhol jarima olmasdan xatoga yo'l qo'yishing mumkin", - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.