Slot Ekitikedagi o'ziga xos xususiyat nima ekanligini aytdi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Ugo Ekitikening o'ziga xosligini ta'kidladi.
Frantsuz o'tgan yozda "qizillar" tomonidan Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan 95 mln evroga xarid qilingandi.
"Ekitike - jamoamizdagi eng tezkor futbolchilardan biri. Ko'plab top-jamoalarda bir, ikki yoki uch nafardan o'ta tezkor futbolchilar borligini ko'rib turibman va bu sifatni tarkibimizga qo'shgim keldi.
O'tgan mavsumda "PSJ" safida Dembele, Barkolya va Duega qarshi o'ynadik - uchalasi ham juda tezkor. Biz Ekitikening ham shunday ta'sir ko'rsatishini xohlagandik," - dedi Slot matbuot anjumanida.
Ugo Ekitik "Liverpul" safida 24 ta o'yinda 11 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.