Slot «Chelsi»ga qarshi o'yindan oldin «Liverpul»dagi kadrlar bilan bog'liq muammolar haqida gapirdi

Ertaga, 4 oktyabr oqshomda "Liverpul" APL 7-turida "Chelsi" mehmoni bo'ladi.
"Qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot o'yindan oldin jamoasidagi kadrlar bilan bog'liq vaziyatga to'xtaldi.
"Ekitike va Keza bugun umumiy guruhda mashq qilishadi.
Alisson xalqaro tanaffusdan keyin o'yinga tayyor bo'lishiga shubha qilaman, lekin u qanchalik tez tiklanishini ko'ramiz", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:30'da start oladi.