"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 3-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi kichik hisobdagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Yagona golni Dominik Soboslai jarima zarbasidan kiritdi.

"Agar o'tgan mavsumda juda kuchli bo'lgan va sezilarli darajada kuchaygan "Arsenal"ni mag'lub etayotgan bo'lsang, bu juda zo'r. Mavsum oxirida uning qiymatini bilib olamiz. Soboslai? Men u bilan bir mavsumdan sal ko'proq ishlayapman, ammo u "Liverpul" nima ekanligini ko'rsatmoqda. U qaysi pozitsiyada o'ynashidan qat'i nazar - o'ng qanotdami yoki o'nlik pozitsiyasidami - har doim bor kuchini ishga soladi. Bugun u yana ajoyib harakat qildi," - dedi Slot.

"Liverpul" uch turdan keyin Premer-ligada yakka peshqadam bo'lib turibdi - jamoa to'qqiz ochko to'plagan.