Sky Sports News: Lyuka Din «PSJ» futbolchisiga aylandi

Sky Sports News ma'lumotiga ko'ra, himoyachi Lyuka Din «PSJ» klubining to'laqonli a'zosiga aylandi.
Manbaga ko'ra, Frantsiya chempioni futbolchining «Aston Villa» bilan tuzilgan shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirgan.
«PSJ» Din transferi uchun 10 million evro to'ladi.
Futbolchining to'liq transferi bo'yicha rasmiy e'lon esa uning ta'tildan qaytishi ortidan qilinishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar