Angliya terma jamoasining o'tmishdagi mashhur yarim himoyachisi Pol Skoulz bo'lajak Kongo Demokratik Respublikasiga (Kongo DR) qarshi o'yin uchun tarkib tanlovi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Ushbu uchrashuv 1 iyul kuni Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida bo'lib o'tadi.

«Angliya maydonga ikkita «toza» tayanch yarim himoyachisi bilan tushmasligi kerak. Kongo DR terma jamoasiga bo'lgan barcha hurmatimni saqlagan holda aytamanki, bunday o'yinlarda imkon qadar ko'proq hujumkor futbolchilarni tushirish lozim. Nazarimda, bu Deklan Rays va Elliot Anderson o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri tanlovdir va men Andersonni tanlagan bo'lardim — u to'pni oldinga tez-tez uzatib turadi.

Raysning «Arsenal»dagi o'yiniga e'tibor qarating. U ajoyib futbolchi, haqiqiy etakchi, ammo «Arsenal» ham o'tgan mavsumda u qadar dahshatli o'yin ko'rsatmadi-ku, to'g'rimi? Rays Edegorni o'yinga jalb qilishda ancha qiynaldi va endi xuddi shu muammo Angliya terma jamoasiga ham ko'chib o'tdi. Anderson bilan esa bunday holat takrorlanmaydi deb o'ylayman», — deya Skoulzning «The Good, The Bad & The Football» podkastidagi so'zlarini keltiradi matbuot.

Angliya va Kongo DR o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz