Skoulz: «Messining xet-trigi Ronalduni ichidan ado qiladi»

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz 2026 yilgi Jahon chempionati doirasidagi DR Kongoga qarshi o'yindan so'ng Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi, 41 yoshli hujumchi esa samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
«Ronaldu juda g'azabda bo'ladi, chunki Messi xet-trik qayd etdi, Mbappe esa dublga erishdi. Voqealarning bunday rivoji uni ichidan ado qiladi (o'ldiradi). Portugaliya terma jamoasi ustoziga rahmim keladi, chunki u vaziyatni qabul qilishga urinib, ixtiyorida dunyoning eng yaxshi to'purari borligini aytmoqda. Biroq Martines bu holat terma jamoaga zarar keltirayotganini tushunib turibdi», — deya Skoulzning so'zlarini Goal portali keltirmoqda.
Portugaliya terma jamoasi mundialdagi navbatdagi uchrashuvini O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Manba: Stadion.uz