Skira: Diego Simeone Argentina terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Murabbiylar Marselo Galyardo va Diego Simeone Lionel Skaloni lavozimini tark etgan taqdirda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Lionel Skalonining Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Agar u shartnoma muddati tugashidan avval milliy jamoani tark etsa, yuqoridagi mutaxassislardan biri uning o'rnini egallashi mumkin.
Ayni paytda Marselo Galyardo klubsiz bo'lsa, Diego Simeone Ispaniyaning «Atletiko» (Madrid) klubini boshqarmoqda.
Ma'lumotga ko'ra, Argentina futbol assotsiatsiyasi uchun eng ustuvor nomzod aynan Diego Simeone hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Skaloni boshchiligida Argentina terma jamoasi 2022 yilda jahon chempionligini qo'lga kiritdi, ikki marta Amerika kubogida g'olib chiqdi hamda Finalissima bahsida ham zafar quchdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar