Skira: Braun — «Bavariya» futbolchisi

«Ayntraxt» qanot himoyachisi Nataniel Braun Myunxenning «Bavariya» klubiga o'tdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, kelishuv yakuniga etgan. «Bavariya» 23 yoshli futbolchi uchun 55 million evro to'laydi. Braunning o'zi esa Germaniya chempioni bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi.
Yakunlangan mavsumda Braun barcha turnirlarni hisobga olgan holda 42 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.
Qayd etish lozimki, hozirda Braun Germaniya terma jamoasi safida faoliyatidagi ilk Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Himoyachi ikkita o'yinda maydonga tushdi, biroq jarohati sababli uchinchi tur bahsini o'tkazib yubordi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar