Lionel Skaloni shartnoma muddati tugagach, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi.

«Men bu erda 2026 yil dekabr oyining oxirigacha bo'laman. Shundan so'ng terma jamoa bilan aloqalarni aniq uzaman», — dedi Skaloni The Touchline nashriga.

Lionel Skaloni qo'l ostida Argentina terma jamoasi to'rtta unvonni qo'lga kiritdi: Jahon chempionati (2022), ikkita Amerika kubogi (2021, 2024) va Finalissima (2022).

Manba: Stadion.uz