Skaloni Messi ketganidan keyin Argentina terma jamoasi qanday o'ynashi haqida javob berdi

6 oktyabr kuni 39 yoshli futbolchi "albiseleste" tarkibida Beninga qarshi xayrlashuv o'yinini o'tkazadi.
"Leo futbolchi bo'lishdan tashqari, maydonda va undan tashqarida men boshqa hech kimda ko'rmagan narsani yaratadi. Buning o'rnini bosish qanchalik qiyin bo'lishini tasavvur qilavering. Lekin bizda yetakchilikni o'z qo'liga oladigan insonlar, yaxshi insonlar bor - eng muhimi shu.
Men jamoadoshlarini qo'rqitadigan yomon yigitlarni qidirmayapman. Menga yaxshi, ijobiy yigitlar kerak. Biz birgalikda Leo bergan narsalarning o'rnini bosishga harakat qilamiz. Bu qiyin bo'ladi, lekin jamoamiz har doim chorlovlarga javob bera olgan.
Ochig'i, Messisiz hammasi boshqacha bo'ladi. Biz buning yo'lini topamiz. Bizda o'zlarini ko'rsata oladigan yosh futbolchilar bor, biz avval ham Leosiz sifatli o'yinlar o'tkazganmiz. Bizning futbolimiz - bu to'pga egalik qilish va nazorat. O'yin uslubimiz o'zgarmaydi, o'zligimiz aslicha qoladi", - deydi Skalonining so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi "All About Argentina" sahifasi.
Kommentariyalar