Skaloni: «Messi Argentina terma jamoasiga bo'lgan munosabatini ko'rsatdi»

Argentina milliy terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan Iordaniyaga qarshi bahsda hujumchi Lionel Messining zaxiradan maydonga tushishi borasida o'z fikrini bildirdi.
«Lionel bilan tanafsusdan so'ng zaxiradan maydonga tushgani ma'qulroq degan qarorga keldik. Bu uning jamoaga bo'lgan munosabatini ko'rsatib turibdi», — deya bosh murabbiyning so'zlarini terma jamoa matbuot xizmati keltirmoqda.
Argentina va Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 3:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi. O'tkazilgan bahsda 39 yoshli Messi jarima zarbasini golga aylantirishga muvaffaq bo'ldi.
Nufuzli turnirning keyingi bosqichida Skaloni shogirdlari Kabo-Verde jamoasi bilan to'qnash kelishadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar