Skaloni Lamin Yamalni qanday to'xtatish haqida hazillashdi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Ispaniya terma jamoasi etakchisi Lamin Yamalni qanday to'xtatish mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o'tamiz, jamoalar 2026 yilgi jahon chempionati finalida to'qnash kelishadi.
«Yamalni qanday to'xtatish kerak? Laminni shunchaki xonasiga qamab qo'ygan bo'lardim!» — deb hazillashdi Skaloni o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Yamal 2026 yilgi JChda hozircha bor-yo'g'i bitta gol urdi. U Ispaniya terma jamoasi tarkibida allaqachon 2024 yilgi Evropa chempioni hisoblanadi.
Argentinaliklar va ispaniyaliklar o'rtasidagi final uchrashuvi 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar