Jahon chempionati — 2026 musobaqasining 1/16 finali doirasida Argentina terma jamoasi Kabo-Verde milliy termasiga qarshi bahs olib boradi. «Albiseleste» ustozi Lionel Skaloni uchrashuvning boshlanish vaqtidan norozi ekanligini yashirib o'tirmadi.

«Biz juda kuchli issiqda to'p surishimizga to'g'ri keladi. O'yinning start vaqti bunday tanlangani bo'yicha menda savollar bor. Biroq sharoit har ikkala terma jamoa uchun ham bir xil bo'ladi», — deya mutaxassisning so'zlarini TyC Sports nashri keltiradi.

Argentina va Kabo-Verde terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 4 iyul kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 03:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz