Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan uchrashuvda Argentina terma jamoasi Iordaniya milliy terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bo'lib o'tgan bahsdan olgan taassurotlari bilan «albiseleste» ustozi Lionel Skaloni o'rtoqlashdi.

«Bizga qarshi chuqur himoyalanadigan yaxshi raqib to'p surdi. Ular bo'sh hududlar qoldirishmadi. Ushbu uchrashuvda biz futbolchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishni istamadik. Maydonga tushganlarning o'yinidan ko'nglim to'ldi. Guruhdagi natijamizni ijobiy baholayman. Biz uchta g'alabaga erishdik», — deya mutaxassisning so'zlarini «albiseleste» matbuot xizmati keltirmoqda.

1/16 final bosqichida Argentinaga Kabo-Verde terma jamoasi raqiblik qiladi.

Manba: Stadion.uz